«Kelajakka qadam» dasturi doirasida seminar tashkil etildi

«Kelajakka qadam» dasturi doirasida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 27 yanvarida Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2025/2026 o'quv yili bitiruvchilarining bandligiga ko'maklashish, shuningdek ularning biznes g'oyalarini amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida «Kelajakka qadam» loyihasi doirasida trening-seminar tashkil etildi.

Tadbirda SamDTU prorektori F. Daminov, rektor maslahatchisi I. Qurbonov, «Kelajakka qadam» markazi va Milliy bank xodimlari, shuningdek Teach for Uzbekistan nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdilar.

Seminar davomida «Kelajakka qadam» markazi va Milliy bank mutaxassislari talabalarga imtiyozli kredit mahsulotlari haqida batafsil ma'lumot berishdi, shuningdek ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Teach for Uzbekistan NNT faoliyati haqida ma'lumot taqdim etildi.