Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Tojiевич Yusupov ishtirokida ochiq muloqot formatida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, izlanuvchilar, yosh olimlar, turli mutaxassisliklar bo'yicha ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar raislar va ilmiy kotiblari, shuningdek universitet professor-o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida OAK raisi Ahmadbek Yusupov ishtirokchilarga so'nggi yillarda mamlakatda ta'lim va fan sohasida olib borilayotgan islohotlar, ilmiy kengashlar faoliyatini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar, shuningdek Oliy attestatsiya komissiyasi ish samaradorligini oshirish yo'llari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Muloqot jarayonida tadqiqotchilarni tashvishga soluvchi dolzarb savollar, muammolar va takliflar tinglab chiqildi, ularning aksariyati bo'yicha joyida aniq va amaliy tushuntirishlar berildi.